Joriy yilning 10 fevral kuni Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida (TSMRI) ikki muhim tadbir – TSMRI va Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi örtasida hamkorlik memorandumini imzolaş hamda TSMRI huzurida KPMG Akademiyasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Memorandumning birinçi bosqiçida Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlari uçun «ACCA — moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» yönalişi böyiça ixtisoslaştirilgan kurslarni taşkil etiş közda tutilgan bölib, uşbu öquv dasturining öziga xos jihati şundaki, nazariy bilimlarni yetakçi xalqaro auditorlik kompaniyalarining amaliy tajribasi bilan uyğunlaştiriş, şuningdek, korporativ kurslarga KPMG ekspertlarini jalb etişdan iborat.

TSMRI huzurida KPMG Akademiyasining oçilişi öz navbatida institutga korporativ kurslar segmentida öz örnini mustahkamlaş imkonini beradi. Xalqaro auditorlik sohasida yetakçi va «katta törtlik»ka kiruvçi kompaniyalardan biri KPMĞning TSMRI tomonidan taşkil etiladigan korporativ kurslarni öqitişda faol iştirok etişi, inson kapitalini rivojlantiriş va turli darajadagi xodimlarning malakasini oşiriş uçun yanada keng imkoniyatlar yaratadi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram | Instagram | Facebook

Reklama huquqi asosida