Yakuniga yetgan haftada Turkmaniston WhatsApp’ni blokdan çiqardi, viloyatlarda ham bu platforma VPN'siz işlamoqda. Qozoğistonda esa öta boylarni 50%lik daromad soliğiga tortiş taklif qilinmoqda. Qirğizistonda aholidan kamroq elektr işlatiş iltimos qilindi. Tojikiston prezidenti xavotirga tuşib, armiyani kuçaytirmoqçi. Afğonistonda esa qimmatlagan internetdan hamma norozi.

Haşamat soliği taklif qilinmoqda

 Qozoğistonda öta boy oilalar uçun alohida soliq qonunçiligini işlab çiqiş taklif qilinmoqda. Gap şundaki, Majlis deputati Marat Boşimov öta boy fuqarolar uçun bundan bu yoğiga oşirilgan daromad soliğini joriy qiliş taklifini berdi. Soliq islohoti parlamentdagi davra suhbatida qizğin muhokama qilingan. Öta boylar röyxatida 162 ta oila bor, ular Qozoğistondagi oligarxlar. Qonunçi ularga daromad soliğini kamida 50% qilib belgilaşni sörayapti.

"Oddiy savolim bor. Qozoğistonda öta boy odamlar borligini tan oldik, ulkan boyliklar mamlakatdan olib çiqib ketildi. Davlat rahbarining özi aktivlarni qaytariş alohida qonun doirasida amalga oşiriladi, degan. Nega biz öta boylar uçun daromad soliğini oşiriş normasini örnatmaymiz? Tölaşsin! Keling, 50 foizlik daromad soliğini joriy qilaylik, dedi Boşimov.

Uning sözlariga köra, Qozoğistondagidek tez boyiş misollari dunyoning heç bir joyida yöq, biroq yirik kapitalga soliq soliş öşa darajada qolib ketmoqda.

Şuningdek, deputat soliqlar adolatli bölsa, taşqi investorlar iqtisodiyotga sarmoya kiritişga tayyorligini ta’kidladi. Şu nuqtayi nazardan haşamat soliğining joriy etilişi ijtimoiy adolatni mustahkamlaş yölidagi muhim qadam bölişi mumkin. Bizda 162 ta eng badavlat oila borligini tan oldik. Keling, yondaşuvimizni özgartirib, bu masalaga boşqa tomondan yondaşaylik, ularni alohida qonunçilik bilan soliqqa tortaylik, degan fikrni bildirdi qonunçi.

Turkmaniston WhatsApp’ni blokdan çiqardi

Turkmanistonda WhatsApp ijtimoiy tarmoği blokdan çiqarildi. 23 fevraldan boşlab, turkmanistonliklar VPN'siz bu platformani işlata boşlaşdi. 25 fevraldan e’tiboran esa poytaxtdan taşqari boşqa viloyatlarda ham WhatsApp işlagan. Biroq bu qaçongaça davom etişi yoki rostdan ham davlat WhatsApp’ni bloklaşni butunlay töxtatgani söroq ostida qolmoqda. Agar blokdan oçiliş saqlanib qolsa va butun mamlakat böylab qöllansa, Turkmaniston aholisi xuddi dunyoning boşqa mamlakatlaridagi odamlar kabi eng qulay messenjerlardan biri yordamida bir-birlari bilan muloqot qilişlari mumkin böladi. Hozirda Turkmanistonda aksariyat ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar, öquv va professional platformalar, hattoki, ayrim antiviruslar va öyinlar ham bloklangan. Ular faqat VPN yordamida oçilişi mumkin. Tegişli organlar VPN xizmatlarining özini ham doimiy ravişda bloklab keladi. Eslatib ötamiz, ötgan yilning yozida davlatda misli körilmagan darajada “internet amnitsiyasi”, ya’ni avval bloklangan 3 mlrd IP manzillar oçib yuborilgandi. Ammo xalq bu imkoniyatlardan uzoq foydalana olmadi, çunki 2024 yilning oxiridan boşlab tarmoqlar qayta bloklana boşlandi. Yil oxiridan Kiberxavfsizlik direksiyasi rahbarlari yana blokirovkaga ötib olişdi, deb yozadi Turkmennews naşri.