Toşkent Kimyo xalqaro universitetiga Koreyaning nufuzli Pukyong milliy universitetidan 50 nafar talaba va professor-öqituvçilar taşrif buyurdi. Uşbu taşrif ilmiy-tajriba almaşinuvi, ta’lim va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirişga bağişlandi.

Taşrif davomida koreys tili yönalişi talabalari bilan fikr almaşinuvi bölib ötdi, şuningdek, qizğin bahs-munozaralar taşkil etildi. Pukyong milliy universiteti talabalari esa Koreya madaniyatining yorqin qirralarini namoyiş etiş maqsadida K-POP raqslari va taekvondo çiqişlari bilan iştirokçilarga unutilmas taassurot ulaşdi.

“Kimyo xalqaro universiteti Koreyaning nufuzli TOP 1000 talikka kiradigan universitetlari bilan hamkorlikni kundan kunga rivojlantirişda davom etmoqda. Şu hamkorlik munosabati bilan Pukyong milliy universitetidan mehmonlar kelişdi. Ular bizning 3-4-kurs talabalarimiz bilan özaro tilni faqat örganibgina qolmasdan, uni amaliyotga joriy etişda ham hamkorligimiz yanada mustahkamlandi. Hamkor universitetlardan nafaqat vakillar keldi, balki u yerda tahsil oladigan 50 nafar talabalar ham kelişdi. Ular bizning talabalar bilan özaro muloqotga kirişişdi. Ular örtasida turli intellektual öyinlar, birgalikda milliy taomlar tayyorlaşni amalga oşirişdi. Örganilgan tilni amaliyotda tatbiq etişda bu muhim sanaladi. Şuning uçun biz hamkor universitetlarni kengaytirişni, ular bilan 2+2, 3+1 dasturlari yoki bir semestrli öquv dasturlarini ham qölga kiritib, ayni paytda 8 nafar talabamiz ketişga şay”, - deb ta’kidladi Koreys filologiyasi kafedrasi mudiri Durdona Ergaşeva.

Madaniy almaşinuv faqat san’at bilan çeklanib qolmadi – talabalar Janubiy Koreyaning maşhur milliy taomlaridan biri kimpap tayyorlaş böyiça mahorat darsida iştirok etişdi.

“Özbekistonga keliş, ayniqsa Toşkent Kimyo Xalqaro universiteti talabalari bilan bugungi madaniy almaşinuvda iştirok etiş imkoniyatiga ega bölganimdan juda xursandman. Uçraşuv iliq va samimiy muhitda ötdi, bu esa menda unutilmas taassurot qoldirdi.

Bugungi tadbirda ham barçaning iştiyoq bilan qatnaşayotganini körib, bu almaşinuv naqadar qimmatli ekanini yana bir bor his qildim”, deydi mehmon talabalardan biri.