Xitoyning avtomobil sanoatidagi yetakçi nomlaridan biri bölgan FAW (First Automobile Works) kompaniyasi, özining uzoq yillik tajribasi va ilğor texnologiyalari bilan Özbekiston bozorida yangi bir sahifa oçmoqda. 1953 yilda taşkil topgan FAW öşa davrda Xitoyning birinçi yuk maşinalarini işlab çiqargan va bugungi kunda dunyoning eng yirik yuk maşinalari işlab çiqaruvçilaridan biriga aylangan.
FAW tarixi: bir 70 yildan ortiq muvaffaqiyatlar yölida
FAW kompaniyasining rivojlanişi 1956 yildan boşlab, ilk Jiefang CA10 modelidagi yuk maşinasi işlab çiqarilganidan keyin Xitoy iqtisodiyotiga va transport tizimiga katta hissa qöşgan. CA10, Xitoydagi birinçi keng tarqalgan yuk maşinasi bölib, bu model Sovet Ittifoqining ZIS-150 modelidan asoslangan edi. Keyinçalik, FAW kompaniyasi özining yangi model va texnologiyalarini işlab çiqarişni davom ettirib, 1980 yillarda Xitoyda eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçiga aylandi. 1990 yillarda esa kompaniya xalqaro bozorga kirib, Volkswagen, Toyota va General Motors kabi global brendlar bilan hamkorlikni yölga qöydi.

Özbekiston bilan hamkorlik: FAW va VUM yangi zavod haqida
2023 yilga kelib, FAW va Özbekistonning Van Universal Motors (VUM) kompaniyasi örtasidagi hamkorlik yangi bosqiçga ötdi. Uşbu strategik hamkorlik doirasida Andijon şahrida zamonaviy avtomobil zavodi qurildi. Mazkur zavodda FAW yuk maşinalari va boşqa maxsus texnikalar işlab çiqarilmokda. Bu loyiha nafaqat Özbekistonning yuk maşinalari sohasidagi ehtiyojlarini qondirişga, balki mahalliy sanoatni rivojlantirişga ham katta hissa qöşmokda.

FAW yuk maşinalarining asosiy afzalliklari
FAW kompaniyasining «Tiger V» rusumidagi örta tonnali yuk maşinalari, yuqori samaradorlik, mustaqamlik va yoqilği tejamkorligi bilan ajralib turadi. Uşbu maşinalar, quriliş, qişloq xöjaligi, kommunal xizmatlar va yuk taşiş kabi sohalarda keng qöllanmoqda. FAW Tiger V seriyasidagi modellarning ba’zilari:
· FAW Tiger V Samosval – Quriliş materiallarini taşiş uçun möljallangan yuk maşinasi.




