08:57 / 03.11.2017
24031

Nyu-Yorkdagi terakt uchun mas'uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi

IShID terrorchilik guruhi Nyu-Yorkda sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.

IShID a'zolarining ma'lum qilishicha, «hujum qilgan shaxs halifalik askarlaridan biri sanaladi», deb yozmoqda agentlik.

Seshanba kuni Nyu-Yorkda yuk mashinasi Manhettenning janubi-g‘arbiy qismidagi velosiped yo‘lagiga bostirib bordi. Haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov bir nechta ko‘chalardan harakatlanib, o‘z yo‘lida paydo bo‘lgan velosipedchilarni urib ketdi, so‘ng maktab avtobusiga kelib urildi.

Soipov o‘z mashinasida hujumni IShID nomidan sodir etayotgani haqida yozuv qoldirdi. U politsiya xodimlari tomonidan yaralandi hamda shifoxonaga olib ketildi.

Mavzu
Nyu-Yorkda terakt

31 oktabr, seshanba kuni Manhettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov.

Barchasi
Top