14:45 / 06.12.2017
14000
O‘zmilliybank QIWI pul o‘tkazmalari tizimini taklif etmoqda
Foto: Milliy bank

O‘zmilliybank tomonidan elektron va tezkor pul o‘tkazmalarning yangi turi QIWI pul o‘tkazmalari tizimi joriy etildi. Rossiya davlatining istalgan hududida yashayotgan va ishlayotgan hamyurtlarimiz uchun bankka bormasdan turib, O‘zbekistonga 24 soat davomida tezkor pul o‘tkazmalarni amalga oshirishning yangi imkoniyati yaratildi.

Bunda Rossiyaning Kivi Banki tomonidan barcha joylarga o‘rnatilgan to‘lov terminallari va infokioskalariga Sizning so‘m plastik kartangiz ustida yozilgan 16 xonali raqami kiritilib, Rossiya rubli qo‘yilgan holda uni avtomat ravishda shu kunning kursi bo‘yicha AQSh dollariga konvertatsiya orqali O‘zmilliybankdagi o‘zingiz yoki oila a'zolaringiz va boshqa yaqinlaringiz nomiga ochilgan so‘m plastik kartalarga kelib tushadi. O‘z navbatida, ushbu kelib tushgan mablag‘laringiz O‘zmilliybankning istalgan bo‘lim va filiallaridan naqd ko‘rinishda AQSh dollarida olishingiz mumkin.

QIWI tezkor pul o‘tkazmasining mijozlar uchun qulayligi:

  • plastik kartaga kelib tushgan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma'lumot onlayn tarzda sms-xabarnomasi ko‘rinishida mobil telefoningizga jo‘natiladi;
  • jo‘natilgan mablag‘laringiz to‘liq holda, bank komissiyasi olinmasdan, AQSh dollarida beriladi;
  • QIWI tezkor pul o‘tkazmalari tizimi 7/24 tartibda, ya'ni dam olish kunlarisiz 24 soat faoliyat ko‘rsatadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun O‘zmilliybankning istalgan bo‘lim va filliallaridan yoki (0371) 148-00-10 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

www.nbu.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top