Qozog‘iston Milliy Banki 2022 yildan beri birinchi marta bazaviy stavkani oshirdi
Tenge kursining zaiflashishi oqibatida Milliy Bank keskin choralarni ko‘rmoqda.

Foto: nationalbank.kz
Qozog‘iston Milliy Banki tengening zaiflashishi inflatsiyaning yangi bosqichiga olib kelishidan xavotirlar tufayli 2022 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani oshirdi.
Bazaviy stavka 15,25 foizgacha oshirildi, tahlilchilar esa 14,25 foiz darajasida qolishini kutishgan edi.
Milliy Bank bayonotida aytilishicha, kelgusi yig‘ilishlarda «inflatsiyani tezda barqaror sekinlashuv yo‘liga qaytarish va maqsadli 5 foizga erishish uchun» pul-kredit siyosatini yanada keskinlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
27 noyabr kuni tenge kursi 2022 yil mart oyidan beri birinchi marta bir dollar uchun 500 tengedan oshdi va zaiflashishda davom etmoqda.
Bazaviy stavka - bu Milliy bankning tijorat banklariga qisqa muddatli kreditlar berish va tijorat banklaridan depozitlarga mablag‘lar qabul qilishda foiz stavkasi. U fuqarolar uchun kredit stavkalarini belgilashda asosiy rol o‘ynaydi va mamlakatdagi inflatsiya darajasiga ta’sir qiladi. Oddiy qilib aytganda, bazaviy stavka mamlakat iqtisodiyoti va ayniqsa bank sektori uchun etalon hisoblanadi. Uning hajmi Milliy bank tomonidan iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi va ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Bundan tashqari, bazaviy stavka mamlakat pul-kredit siyosatining asosiy vositasi hisoblanadi.
Shu bilan birga, Milliy Bank 1 milliard dollarlik valuta intervensiyalarini amalga oshirdi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy banki raisi Timur Suleymenov ma’lum qildi.
«Biz kursni targetlashni maqsad qilganimiz yo‘q. Dollar kursi qanday bo‘lishini talab va taklif muvozanatidan kelib chiqib, bozorning o‘zi belgilaydi. Biz bozorda o‘yinchi sifatida harakat qilamiz, ya’ni, biz Milliy jamg‘armadan transferlarning bir qismini sotamiz, ba’zan sotib olamiz. Biz 500, 490, 510 bo‘lsin, hech qanday stavkani belgilamaymiz. Intervensiyalarni o‘zimiz xohlaganimiz uchun emas, bozorni tinchlantirish zarurligi uchun amalga oshiryapmiz», dedi u.
Hozir Milliy Bank intervensiyalarni to‘xtatdi va valuta kursi bozor omillari ta’sirida shakllanmoqda, deya qo‘shimcha qildi Sulaymenov.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:01
-
Renessans ta’lim universiteti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi
O‘zbekiston | 19:15
-
“Hanuz Erdo‘g‘andek kuchli lider Turkiyada yo‘q” - siyosiy tahlilchi bilan suhbat
Jahon | 18:25
-
Turkmanistonda YeI va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025