Tegişli bitim 29-30 sentabr kunlari Toşkentda bölib ötayotgan «Özbekiston: iqtisodiy islohotlar natijalari va istiqbollari» forumi doirasida banklar tomonidan imzolandi, deb xabar berdi «Sovkombank». 

«Biz Milliy bankka obligatsiya zayomlari taşkil etiş borasida öz tajribamiz va töplangan ekspertizamizni taklif qilişga tayyormiz. Işonçim komilki, Özbekiston bankining Rossiya bozoridagi debyuti muhim voqea böladi va respublika moliya sektori, umuman, iqtisodiyotining faol rivojlanişi yana bir daliliga aylanadi», dedi «Sovkombank» boşqaruvi raisi örinbosari, korporativ investitsiyalar bölimi boşliği Mixail Avtuxov.