10:55 / 08.12.2017
18330
OAV: AQShning gimnastika terma jamoasi shifokori 60 yilga qamaldi
Foto: AFP

AQShning gimnastika terma jamoasining sobiq shifokori Larri Nassar bolalar pornografiyasi uchun Grand-Rapids shahri (Michigan shtati) sudi tomondan 60 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Nassar, shuningdek, yosh ayol sportchilarga shilqimlik qilishda ayblanmoqda. Bu ish yanvarda alohida ko‘rib chiqiladi.

Nassar avval Michigan shtati universiteti va AQSh gimnastika federatsiyasida ishlagan. Tergov idoralari 2016 yilda Nassarga tegishli elektron tashuvchilarda 37 mingta bolalar pornografiyasi suratlarini aniqlashgan.

Avvalroq 54 yoshli Nassar 7 ta shilqimlik holati bo‘yicha o‘zini aybdor deb tan olgandi. New York Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 130 dan ko‘proq sportchi uni nomaqbul yoki haqoratlovchi jinsiy hatti-harakatlarda ayblamoqda. Jumladan, Nassar gimnastikachilar Gabriel Duglas, Eli Raysman va Makkayla Maroni tomondan shilqimlikda ayblangan.

Mavzuga oid
Top