Ular doimo qalbimizda
01:38 / 14.01.2018
18145

Shu kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar o'tkazilmoqda.

Xususan, xizmat vazifasini o'tayotgan paytda, chinakam mardlik namunasini ko'rsatib halok bo'lgan jasur askarlarni yod etib, ularning oila a`zolari holidan xabar olinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 13 yanvar kuni Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda Toshkent shahar Yashnobod tumani Lisunova 4, 6-xonadonda istiqomat qilgan, Mudofaa vazirligi tizimida xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo'lgan kapitan Jahongir Tog'ayev hamda Toshkent viloyati Chirchiq shahri «Kabutar» mahallasi 5-uy, 37-xonadonda yashagan serjant Pahlavon Abdullayevning xonadonlariga tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida instituti rahbariyati, xususan rektor S.Yunusov, Ma`naviy – ma`rifiy ishlar bo'yicha prorektor U.Abdullayev va O'zbekiston yoshlar ittifoqining institut boshlang'ich tashkiloti yetakchisi A.Azimov marhum Jahongir Tog'ayev hamda Pahlavon Abdullayevning oila a`zolarini bayram bilan tabriklab, ularning mardligi va davlatimiz oldidagi xizmatlari beqiyos ekanini ta`kidlashdi.

Tashrifda shuningdek, marhum ofitserlarning oila a`zolariga institut jamoasining esdalik sovg'alari topshirildi.

 

Top