19:30 / 04.02.2018
11162

«Frankenshteyn-mashina»: AQShda 17ta modeldan yig‘ilgan avtomobil sotilmoqda

Foto : wheelerdealerbaycity

AQShda 17 ta turli avtomobil modelidan yig‘ilgan antiqa mashina sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Mice Time of Asia portali xabar bermoqda.

Portalning ta'kidlashicha, ushbu transport vositasi egasi o‘z “Frankenshteyn-mashina”si uchun 25 ming dollar so‘ramoqda. Avtomobil hujjatga ko‘ra 1939 yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinasi sifatida qayd qilingan, ammo bu mashinadan unda bir necha tashqi detallargina qolgan. 

Mashina 5,7 litrli, 8 silindrli dvigatel va avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.  

Avtomobil turli yillardagi Chevrolet, Cadillac va Ford modellari hamda AMC Javelin, Buick, GMC 350, Oldsmobile va Pontiac’dan yig‘ilgan.

 

Top