17:30 / 11.03.2018
34911
18 soat bulutlar uzra: Dunyodagi eng uzun reys haqida ma'lumotlar

Aleksandr Cheban shaxsiy tajribasidan kelib chiqib eng davomli reys haqidaga ma'lumotlari bilan bo‘lishdi: "18 soat bulutlar uzra harakatlanishni tasavvur qilib ko‘ring! Juda uzoq, qiyin, deysizmi? Agar bu dunyodagi eng yaxshi Qatar Airways aviakompaniyasi reysi bo‘lsa, u qadar qiyin joyi yo‘q.

18 soatlik parvoz davomida siz kundalik tashvishlardan dam olib, bajonidil "Uzuklar hukmdori" va "Xobbit" trilogiyasini tomosha qilasiz va Middle Earth'dagi ertak bilan uchrashuvga tayyor bo‘lasiz.

«Boing-777» bortida 14 535 km:
⦁  ekonom-toifada 217 yo‘lovchi,
⦁  biznes-toifada 42 yo‘lovchi;
⦁  1000dan ortiq bort taomnomasi porsiyasi;
⦁  2000dan ortiq salqin ichimliklar;
⦁  1100 finjon qahva.

Qatar Airways — nufuzli Skytrax reytingiga ko‘ra, eng yaxshi aviakompaniya, u Oneworld aviatsiya alyansi a'zosi hamdir.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Aviakompaniya flotida 200 dan ortiq samolyot bor, Airbus A380, A350, Boeing 787 Dreamliner kabi fuqarolik aviatsiyasi flagmanlari ham shular jumlasidandir. Doha orqali parvozlarni tanlab, juda ko‘p yo‘nalishlarda Dreamliner yoki A380, A350 samolyotlarida harakatlanish mumkin. Zamonaviy texnologiyalar aviaparvozlarni yengillashtiradi, shuning uchun men doim yangi avlod samolyotlarini tanlayman.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Qatar Airways aviakompaniyasi Airbus A350 dastlabki ekspluatanti bo‘ldi. 

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Aytishlaricha, hozirda Qatar sanksiyalar ro‘yxatiga kirgan va u yerga amalga oshiriladigan reyslarda muammolar yuzaga kelishi ehtimoli bor. Sizlarga maslahatim — har xil gap-so‘zlarga ishonavermay, ma'lumotni shaxsan tekshirish. Zamonaviy dunyoda har bir siyosiy yangilik manfaatdor tomonning muayyan kontekstidan kelib chiqib beriladi, biroq real vaziyat mutlaqo boshqacha bo‘lishi mumkin. Siyosatni televizorga qoldirib, shunchaki sayohat qiling. Sayohat qilganda ham qulaylik bilan sayohat qiling.

Darhaqiqat, Qatar Airways uch qo‘shni mamlakatga reyslarni bekor qildi, shu bilan birga, ularning havo kengligi parvozlar uchun yopiq. Biroq deyarli barcha reyslar jadvalga muvofiq va kechikishlarsiz amalga oshiriladi. Quyida «Flaytradar» skrinshoti keltirilgan, Qatardan amalga oshirilgan reyslar Eronning havo kengligidan uchib o‘tadi. Janubiy Amerika reyslari ham qayd etilgan bo‘lib, ularning davomiyligi ikki soatga uzaygan. Bundan boshqa hech qanday muammo yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlardagi vahima va hatto ba'zi hamjamiyatlardagi izohlarni tushunmayman.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Uzoq davom etuvchi yo‘nalishlar — bu har qanday yirik aviakompaniyaning o‘ziga xos jihatlaridan biri. Bir necha kompaniya qo‘nishlarsiz eng davomli reys uchun musobaqalashadi. Qachonlardir bu Singapore Airlines'ning Airbus A340-500 samolyotida amalga oshiriladigan Nyu-York — Singapur (18 soat, 16 600 km) reysi bo‘lgan. Darvoqe, 2018 yilda uni A350'da qayta tiklash rejalashtirilmoqda.

Bu yil Qatar Airways dunyodagi eng davomli reysni amalga oshiradi, keyingi yilda esa biz Pert — London va yana  Singapur — Nyu-York reyslarini kutib qolamiz.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Ultradavomli yo‘nalishlarda aviakompaniyalar uchun eng asosiy chaqiriq — bunday reysning tejamkorligi. Zero bortda ham yo‘lovchilar, ham keytring, ham yuklar bo‘lishi  bilan birga, u aviatsion kerosin bilan maksimal to‘liq quvvatlanadi. Doha — Oklend reysida Qatar Airways haftasiga 100 tonnadan ortiq tijorat yukini tashiydi. Qo‘nishlarsiz reyslar uchun avval imkoni bo‘lmagan masofalar yangi va zamonaviy samolyotlardan foydalanishni talab qiladi, shunda tashishdagi tejamkorlik ko‘rsatkichlari avvalgi avlod havo kemalariga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. 

Qatar Airways'ning bunday qo‘nishsiz yo‘nalishni amalga oshirishida tanlov «Boing-777-200LR» samolyotiga tushdi. U 2006 yilda bozor yetakchisi 777-300ER'ga qo‘shimcha ravishda ekspluatatsiyaga kiritilgan. 777-300ER o‘z xususiyatlariga ko‘ra, 317 nafar yo‘lovchini 15 840 km masofaga tashiy oladi.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Infografikani juda yaxshi ko‘raman, bu yerda mazkur reysning barcha asosiy raqamlari keltiriladi. Har bir raqam ortida bir tarix mujassam, shunday ekan, keling bortga chiqamiz.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Aeroportdan boshlaymiz, zero har qanday uzoq davom etuvchi yo‘nalish bu transfer aeroportidagi qulaylik hamdir. Dohadagi Hamad International Airport 2014 yilda ochilgan va u dunyoning eng yaxshi aeroportlaridan biri hisoblanadi. U Singapur va Dubay aeroportlari bilan bir qatorda mening eng sevimli aeroportlarim ro‘yxatiga kirdi, nima uchun deysizmi? Chunki bu yerda suzish havzasi va spa-markaz bor, bu esa reyslar orasida hordiq chiqarishning eng yaxshi yo‘lidir. Aeroport terminaliga kirganingizda eng hayron qoldiradigan narsa - bu sokinlik, bu yerda har daqiqada samolyotlar uchishi va qo‘nishiga qaramay, ajib sokinlik hukmron. 

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Qatar Airways biznes zali bir vaqtning o‘zida 1000 nafargacha mehmonni sig‘dira oladi! Men bu safar ekonom-toifada parvoz qildim, mening S7 oltin-kartam bor, u Oneworld alyansiga kiradi - bunday yo‘lovchilar uchun alohida biznes zali mavjud. Yoqimli va keng joy. Qatar Airways'ning o‘z zali esa bir boshga yuqori. 

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Bortga ko‘tarilamiz. «Boing-777-200LR» bu safar teletrap oldida emas, turargohda - bu esa aeroportning konditsionerli terminali va samolyot borti o‘rtasida biroz isinish imkonini beradi. Shu o‘rinda sizlarga bir maslahat: hatto ikki issiq o‘lka o‘rtasida parvoz qilayotgan bo‘lsangiz ham issiq sport kiyimingizni olishni unutmang, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari aeroportlari terminallarida ko‘pincha salqin bo‘ladi.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Biznes toifa salonida gorizontal karavotga aylantirish mumkin bo‘lgan 42 kreslo bor. Bugun men ekonom-toifada parvoz qilyapman, bu qisqa reyslardagi biznes toifa kabidir. Ishonmaysizmi?

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

«Boing-777-200LR»ning ekonom-toifa salonida 3-3-3 komponovkasi — bu "Boing" anons qilgan standart. Biroq bugungi kunda biznesdagi vaziyat shundayki, aviakompaniyalar hozir 3-4-3 kompanovkali 777'ga buyurtma bermoqda. "Klassik" 3-3-3 kompanovka 3-4-3'dan-da keng va qulay kreslolarga ega. Davomli parvozning sezilarli darajada yengil o‘tishining asosiy sabablaridan biri shudir. 

Doha-Oklend yo‘nalishidagi reysimdagi 3-3-3 kompanovkani taqqoslang. Aviakompaniyaning boshqa ultradavomli yo‘nalishlarida ham xuddi shunday kompanovka. Shuning uchun aviachipta tanlayotganingizda e'tiborli bo‘ling, reysni amalga oshirayotgan samolyotga va salon kompanovkasiga e'tibor qarating.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Bu esa «Boing-777-300ER»dagi 3-4-3 kompanovka, u ham Qatar Airways'ga tegishli. 

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Keyingi 16-18 soat joylashib ketadigan kreslom. Normal standartdagi kreslo, mening bo‘yim - 184 sm va unda o‘tirib ketish men uchun qulay bo‘ldi. 

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Adyol, yostiq, kichik yo‘l to‘plami.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Biz Qatar va Fors ko‘rfazini ortda qoldiramiz, oldinda Oklend tomon 16,5 soatlik yo‘l. Qaytish reysi 18:10 da bo‘ldi. Yo‘ldagi vaqt ko‘p omillarga bog‘liq - shamol, eshelon, yuklar va hokazo, shu bois unga ikki soat atrofida vaqt ketadi.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Bort taomnomasi ko‘pchilikni qiziqtiradigan omillar orasida eng asosiysi bo‘lsa kerak. 16-18 soatlik parvozning o‘zi bo‘lmaydi, axir. 

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Doha-Oklend reysida beriladigan ichimliklar va issiq ovqatdan boshlaymiz.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Va Oklenddan Dohaga.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Shundan keyin parvoz davomida yana ikki marta issiq sendvichlar va pishiriqlar taklif qilinadi.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Ularning orasida esa shartli "sokinlik soatlari"da shirinliklar taqdim etiladi.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Orqaga qaytishda esa Yangi Zelandiya keytringi olmali paket ham qo‘shadi.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Bundan tashqari, oshxonada istalgan vaqtda bar, choy, qahva, sneklar, sendvichlar bo‘ladi. Barchasi xuddi non-stop rejimidagi shved dasturxonidek. Ertalab esa nonushta.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Men nimalarnidir o‘tkazib yuborgan bo‘lishim mumkin, chunki samolyotlarda juda yaxshi uxlayman. Orqaga qaytishda fitnes-trekerim 10,5 soat uxlaganimni ko‘rsatdi. Dohadan Oklendga tomon reysda ekipaj bilan suhbatlashdim, salonda sayr qildim.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Bu reys davomida ikki marta tongni qarshi olinadi. Dohadan parvoz qilganda kun juda tez o‘tadi, bir necha soatda u tun bilan o‘rin almashadi, yangi kunga bir necha soat qolganda Oklendda bo‘lasiz.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Uyqu kelmayaptimi? U holda 3000 film, minglab soatlik musiqalar va boshqa ko‘ngilochar mashg‘ulotlar sizning tasarrufingizda. Maslahatim: shovqinga chidamli tizimga ega quloqchinlaringizni oling, chunki aviakompaniyalarning hatto biznes-toifada taklif etadigan quloqchinlari ham odatda sifatli bo‘lmaydi. 

Ikki trilogiya — «Uzuklar hukmdori» va «Xobbit»ni bir reysning o‘zida tomosha qilib, yakunlash mumkin.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Ekipaj a'zolari sermulozamat, ular ba'zan hatto yo‘lovchi ko‘zlari darajasida suhbatlashishadi. 

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Buyog‘iga Oklend. Boshqalardan ajralib turuvchi mutlaqo  yangi sarguzashtlar, ajoyib tabiat va tassurotlar.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

O‘rta yerga xush kelibsiz!

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

Qatar Airways'ning «Boing-777-200LR» samolyoti Oklend aeroportidan Doha tomon parvoz qilmoqda.

Foto: Alexcheban/ Livejournal.com
Foto: Alexcheban/ Livejournal.com

 

Mavzuga oid
Top