Qatar davlatiga tegişli Qatar Airways aviakomaniyasi Özbekistonga muntazam parvozlarni yölga qöyadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Doha — Toşkent — Doha yönalişi böyiça ilk parvoz 2024 yil 2 iyunga belgilangan. Qatnovlar haftasiga tört marta — duşanba, çorşanba, juma va yakşanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oşiriladi.
Ma’lumot uçun, boş qarorgohi Doha şahrida joylaşgan Qatar Airways Qatarning milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya dunyo böylab 170 dan ortiq yönalişlarga parvoz qiladi.
Qatar Airways köplab nufuzli mukofotlarni qölga kiritgan va Skytrax tomonidan yetti marta "Dunyoning eng yaxşi aviakompaniyasi" deb topilgan.







