Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Qatar transport vaziri örinbosari Hamad Iso Abdullo Toşkentda bölib ötgan uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.

Transport vazirligi xabariga köra, transafğon temiryöli qurilişi loyihasini amalga oşirişda Qatar iştirokini ta’minlaş yuzasidan fikr almaşildi. 

Fuqaro aviatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş maqsadida Qatar Airways aviakompaniyasining Doha–Toşkent–Doha yönalişi böyiça parvozlarini yölga qöyiş masalasi körib çiqildi.

Qatar tomoni hozirda içki tartib-qoidalar tugallanayotgani va bu yönalişdagi parvozlar 2024 yil mart oyi oxiridan yölga qöyilişi rejalaştirilayotganini ma’lum qildi.