Qatar Airways aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam qatnovlarni yölga qöydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, bugun 2024 yil 2 iyun kuni soat 10:28 da Qatar Airways aviakompaniyasiga tegişli Airbus 320 samolyoti Doha aeroportidan havoga kötarilgan va soat 13:30 da Toşkent aeroportiga qöngan. Parvoz vaqti 3 soatni taşkil qilgan.
Ta’kidlanişiça, Doha – Toşkent – Doha yönalişi böyiça yölovçi qatnovlari haftasiga tört marta – duşanba, çorşanba, juma va yakşanba kunlari Airbus 320 samolyotlarida amalga oşiriladi.
Qatar Airways aviakompaniyasining şarqiy hududlar böyiça boş vitse-prezidenti Marvan Koleylat kelgusida Dohadan Samarqand va Buxoro şaharlariga ham muntazam parvozlarni yölga qöyiş masalasi körib çiqilayotganini ma’lum qilgan.
Qatar Airways – Qatarning milliy aviakompaniyasi bölib, boş qarorgohi Dohada joylaşgan. Aviakompaniya dunyoning 170 dan ortiq yönalişlariga parvoz qiladi. Köplab nufuzli mukofotlarni qölga kiritgan, Skytrax tomonidan yetti marta dunyoning eng yaxşi aviakompaniyasi deb topilgan.












