14:30 / 17.03.2018
6598

Parijda qochqinlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko‘paygan

Foto: Reuters /Benoit Tessier

Refugee Rights Europe huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot migrantlar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unga ko‘ra Parijda qochqinlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko‘payib bormoqda.

The Guardian’ning tadqiqotga asosan xabar berishicha, huquq himoyachilari tomonidan Fransiya poytaxtida 2018 yilning 27-30 yanvar kunlari taxminan 300 migrant so‘rovdan o‘tkazildi.

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etgan qochqinlarning 75 foizi fransiyalik fuqarolar tomonidan haqoratlarga to‘qnash kelganini ma'lum qilgan. Bu ko‘p paytlarda irq nuqtai nazaridan yuz bergan.

Shu bilan birga, respondentlarning beshdan bir qismiga ko‘ra, parijliklar tomonidan jismoniy zo‘ravonlik holatiga duch kelishgan. Qochqinlarning 5 foizi esa mahalliy fuqarolar tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchrgani haqida aytdi.

So‘rovda ishtirok etgan migrantlarning to‘rtdan uch qismi Parij politsiyasining shafqatsiz harakatlaridan jabrlanishganini ta'kidlab o‘tdi, 86 foiz esa ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qurboni bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top