15:16 / 12.05.2018
28358

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sergeliga hokim bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Nozim Husanov bu lavozimda Olmazor tumaniga hokim etib tayinlangan Baxtiyor Rahmonov o‘rnini egalladi.

Nozim Husanov Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi. U 1976 yil, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2002 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Bundan avval «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar berilgandi.

Top