Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
Poytaxtda qor yog‘ayotgani sabab yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida haydovchilardan harakat qoidalariga qat’iy rioya qilish, tezlikni oshirmaslik va masofani saqlash so‘raldi.
Ayni damda Toshkent shahrida qorli ob-havo kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va ehtimoliy ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida poytaxt aholisi hamda mehmonlaridan harakat qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘ramoqda.
Xususan, haydovchilardan:
- yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish;
- oraliq masofani saqlash;
- tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslik;
- yo‘llarda harakatlanayotgan piyodalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanish so‘raldi.
Shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shu jumladan daraxtlar tagida qoldirmaslik, transport vositalarini imkoniyatdan kelib chiqib maxsus turargohlarda saqlash tavsiya etildi.
Mavzuga oid
17:12
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:14 / 04.06.2026