20:27 / 23.05.2018
9241

Toshkent davlat agrar universitetining AQSh oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorligi kengaymoqda

O‘tgan yilning 23 oktabrdan 1 noyabriga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbar-xodimlari va tizimdagi oliy ta'lim muassasalari rahbarlaridan tashkil topgan delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarining Michigan shtati universiteti hamda Ogayo shtati universitetlariga tashrif buyurishgan edi. Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, talabalar, magistrlar hamda professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, axborot-resurs markazlari ma'lumotlaridan unumli foydalanish kabi masalalar yuzasidan memorandumlar imzolangan.

Ushbu hamkorlik doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Michigan shtati universitetining (MShU) vitse-prezidenti Stiven Xenson, MShU qoshidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik instituti direktori Norman Grehem, MShU qoshidagi Global kommunikatsiyalar (Aloqalar) instituti direktor o‘rinbosari Shon Lauri, MShU qoshidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik instituti xodimi Timur Kochaoglular joriy yilning 20-22 may kunlari Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurishdi.

Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti
Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti

Delagatsiya dastlab universitet rektori, akademik B.Sulaymonov va universitet rahbariyati bilan uchrashib samimiy muloqot o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida joriy yilning 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3704-sonli qaroriga asosan yangidan tashkil etilgan Agrologistika, Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish, Agrobiznes va investitsion faoliyat, Mevachilik va uzumchilik, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini karantini, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish kabi yangi tashkil etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlarni Michigan shtati universiteti bilan hamkorlik doirasida shartnoma va memorandum asosida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda talabalarning amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti

Delagatsiya universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib, O‘simliklarni biologik himoya qilish ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, TDAU qoshidagi “Innovatsion ishlanmalar va maslahatlar markazi”da bo‘lib, AQShning USAID xalqaro tarraqiyot agentligining AVS Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish loyihasi granti asosida barpo qilingan 25 tonnalik hajmdagi meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha sovutkich omborining ochilishi hamda ushbu loyiha doirasida jihozlangan universitetdagi yana bir konferensiya zalining ochilish marosimida ham qatnashishdi.

Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti
Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti
Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti
Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti

USAID halqaro taraqqiyot agentligining O‘zbekistondagi vakili Geri Robbins o‘z so‘zida maqsadimiz qishloq xo‘jaligini sohasida hamkorlik bo‘libgina qolmay, agrar sohada ta'lim olayotgan talabalarning ham tajriba oshirishida muhim bosqichdir. Bejizga biz Michigan shtati universiteti vakillarini taklif etmadik, tashrif chog‘ida ular o‘zlari bilgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashadi, biz loyihada amalga oshirgan sovutkichda talabalar o‘zlari yetishtirishgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash, turli zararkunandalardan asrash hamda meva-sabzavotlarni biologik himoya qilishni amaliyotda ham tadbiq etishlari uchun imkoniyatilar yaratiladi, deb aytib o‘tdi.

Tadbir doirasida USAID loyihasi bo‘yicha Oliy ta'lim muassasalari hamda Ilmiy tadqiqot institutlarini ishlab chiqarish bilan aloqalarini kuchaytirish yo‘nalishi hamkorligida “Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berish bo‘g‘inlarida yuqori iste'mol qiymatini yaratish” mavzusida oliy ta'lim muassasalararo ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar USAID loyihasi bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti
Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti
Foto: Toshkent davlat agrar unversiteti

 

 

 

Top