17:30 / 04.06.2018
6504
Endi CLICK va MBank orqali xayriya qilish, fitr va zakot berish mumkin

CLICK kompaniyasi “Vaqf” xayriya ijtimoiy fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda musulmonlar uchun farz bo‘lgan va boshqa to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish imkonini ishga tushirdi. 

Ushbu to‘lovlar tizim foydalanuvchilari tomonidan istalgan paytda va istalgan joydan turib amalga oshirilishi mumkin. “Vaqf” xayriya fondining taklifiga binoan, ularning xos xususiyatlari va maqsadlariga qarab ushbu to‘lovlar tizimda 3 toifaga ajratilgan:

•  Xayriya
•  Vaqf
•  Zakot, Fitr, Ushr, Fidya

Ushbu kategoriyalar bo‘yicha qabul qilingan pul mablag‘lar “Vaqf” xayriya jamoat fondining maxsus hisob-raqamlariga joylashtiriladi. To‘lovlar istalgan paytda mobil telefondan turli interfeyslar orqali amalga oshirilishi mumkin: USSD, “CLICK Uzbekistan” mobil ilovasi yoki Telegram mesenjyeri orqali.

1.  USSD orqali to‘lash uchun *880*1100# so‘rovi terilishi va yuzaga kelgan menyuda kerakli kategoriya tanlanishi lozim. Shu bilan birga to‘lov bosh USSD-menyudagi (*880#) “To’lov” bo‘limida “Xayriya” punkti orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

2.  “CLICK Uzbekistan” mobil ilovasi orqali to‘lash uchun “Oplata na mestax” (“Joylarda to‘lovlar”) bo‘limida “Xayriya” punktini tanlash kerak.

3.  @clickuz Telegram-botida ushbu to‘lovlar “To‘lovlar” bo‘limidagi “Xayriya” punktida joriy qilingan.

Shuningdek, «Vaqf» xayriya jamoat fondiga jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan turli xayriya va ehson tarzidagi to‘lovlarni «MBank» to‘lov tizimi va mobil banking servis ilovasi orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Ushbu «MBank» to‘lov tizimi va mobil banking servis ilovasidan foydalanuvchilar barcha turdagi xizmat va to‘lovlarni 24/7 tarzda amalga oshirish imkoniyatiga egadirlar.

Buning uchun shaxsiy kompyuterda internet-brauzer orqali www.mbank.uz saytiga kirgan holda «MBank» sahifasida «Blagotvoritelnost» tugmasi bosiladi.

So‘ng «Xayriya» bo‘limidan «Vaqf» xayriya jamoat fondi sahifasiga o‘tiladi.

To‘lov amalga oshirilishi uchun shaxsiy bank plastik karta raqami va amal qilish muddati va «Vaqf» xayriya jamoat fondi sahifasida to‘lov miqdori (summa) kiritiladi.

To‘lov amalga oshirilishi uchun bank plastik kartaga ulangan telefon raqamiga kelgan tasdiqlovchi kod (sms) kiritiladi. 

 

Mavzuga oid
Top