18:00 / 21.06.2018
106620
«U eski zamonning odami». Prezident Ulug‘bek Inoyatovning ishdan olinishiga izoh berdi
Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatiga bag‘ishlangan videoselektorda Xalq ta'limi vazirligida boshlangan islohot haqida gapirdi.

«Ko‘p rahbarlarni almashtiryapmiz. Kecha shuncha tajribasi bor Inoyatovni (Xalq ta'limi vaziri - tahr.) ishdan olib tashladim. O‘rniga Shermatovni qo‘ydim.

Tarixda bunaqasi bo‘lmagandi. Butun jamoasi bilan almashtirdim. Bo‘lim boshliqlariniyam ishdan olishga ko‘rsatma berdim. Chunki u eski odam. Bir yarim yil ishlab, birorta taklif bermadi.

Tizimda korrupsiya, maktablarda korrupsiya bo‘lib ketgan. Toshkent shahridagi ahvolga maymunlar yig‘laydi.

Endi Shermatovni tayinladik. U informatsion texnologiyalarni joriy qiladi.

Eski jamoadan bitta yoshlar bo‘yicha muovin qoldi (Alisher Sa'dullayev - tahr.). Vazirlikning hududiy ta'lim boshqarmalari, tumanlardagi boshqarmalar rahbarlarini ishdan olishga topshiriq berdim», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» manbasi.

Top