15:35 / 28.06.2018
54047
Sobiq xalq ta'limi vaziri viloyat universitetiga rektorlikka «jo‘natildi»

Sobiq xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov Namangan davlat universitetiga yangi rektor etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz»ning universitetdagi manbalari xabar bergan.

Inoyatov yangi lavozimda Abdusalom Vaxitovich Umarovning o‘rnini egalladi. Sobiq rektor Xalq ta'limi vazirligiga ishga o‘tgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2013 yil fevralidan 2018 yil 20 iyuniga qadar Xalq ta'limi vaziri bo‘lgan Ulug‘bek Inoyatov Samarqanddagi tadbirda ishtirok etayotgan vaqtida ishdan bo‘shatildi va uning o‘rniga Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov yangi vazir etib tayinlandi.

Ma'lumot uchun, vazir bo‘lishdan avval 2011-2013 yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetiga rektorlik qilgan.

Top