
Foto: Getty Images
Markaziy bank 2018 yil 1 iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Joriy yilning iyun oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralarining 463,1 mln. AQSh dollariga pasayishi kuzatildi. Mazkur holat hisobot davrida asosan oltin narxining 1303,50dan 1250,55 doll./tr.untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga ta'siri – 573,5 mln. doll.)
Oltin narxi pasayishi hisobga olinmaganda yalpi oltin-valyuta zaxiralari 110,4 mln. AQSh dollariga oshdi.