Özbekiston Markaziy banki Boşqaruvining 15 yanvardagi qarori bilan, “Yangi bank” AJ faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyasi çaqirib olindi.
“Mazkur qaror bank faoliyatida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körilgan çoralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali miqdorini qonunçilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmaganligi, şuningdek, banklar va bank faoliyati töğrisidagi qonunçilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmaganligi sababli qabul qilindi”, – deyiladi MB axborotida.
MB qarori bilan, bank faoliyatini belgilangan tartibda tugatiş belgilandi va tugatiş komissiyasi tayinlandi.
Regulyatorning qayd etişiça, “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi qonunga muvofiq, bank ustav kapitalining eng kam miqdori 2025 yil 1 yanvardan boşlab 500 mlrd sömni taşkil etişi lozim. Biroq 2026 yil 1 yanvar holatiga köra, “Yangi bank” AJning ustav kapitali 355 mlrd sömni taşkil etgan.
Omonatçilar – 32 mingdan ortiq
“Banklardagi omonatlarni himoya qiliş kafolatlari töğrisida”gi qonunga muvofiq, jismoniy va yuridik şaxslarning banklardagi omonatlari davlat tomonidan qonunçilikda belgilangan miqdorda kafolatlanadi. Kafolat doirasidagi kompensatsiya miqdori 2025 yilda 200 mln sömgaça pasaytirilgan.
Markaziy bankka köra, Yangi bank omonatçilarining kafolatlangan omonatlari böyiça kompensatsiya qonunçilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda Omonatlarni kafolatlaş agentligi tomonidan tölanadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, jami mavjud 32 526 nafar omonatçining 32 153 tasiga kafolatlangan omonat summalari töliq qaytarib beriladi (omonatlar tölab berilişi böyiça hisob-kitoblar Omonatlarni kafolatlaş agentligi tomonidan e’lon qilinadi), 373 nafar fuqaro böyiça esa kafolatlangan omonat mablağlaridan qolgan qismi tugatiş komissiyasining qaroriga köra qonunçilikda belgilangan tartibda qaytariladi.
2025 yil 1 dekabr













