21:45 / 23.07.2018
59020

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishga ruxsat etilgan oliygohlar ro‘yxati tasdiqlandi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta'lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son bayoniga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta'lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Oliy ta'lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustiga qadar qabul qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta'lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi so‘raladi:

- ta'lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
- oliy ma'lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan 
- 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
- № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma'lumotnoma;
- pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

Shulardan, pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta'lim muassasalarining ro‘yxati: 

1 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti - Kunduzgi 
2 O‘zbekiston milliy universiteti - Sirtqi 
3 Toshkent davlat texnika universiteti - Sirtqi 
4 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti - Sirtqi 
5 Toshkent moliya instituti - Sirtqi 
6 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti - Sirtqi 
7 Toshkent davlat sharqshunoslik instituti - Sirtqi 
8 Toshkent kimyo-texnologiya instituti - Sirtqi 
9 Toshkent davlat pedagogika universiteti - Sirtqi
10 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti - Sirtqi 
11 Andijon mashinasozlik instituti - Sirtqi 
12 Andijon davlat universiteti - Sirtqi 
13 Buxoro davlat universiteti - Sirtqi 
14 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti - Sirtqi 
15 Guliston davlat universiteti - Sirtqi 
16 Jizzax politexnika instituti - Sirtqi 
17 Qoraqalpoq davlat universiteti - Sirtqi 
18 Qarshi davlat universiteti - Sirtqi 
19 Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti - Sirtqi 
20 Namangan davlat universiteti - Sirtqi 
21 Namangan muhandislik-qurilish instituti - Sirtqi 
22 Namangan muhandislik-texnologiya instituti - Sirtqi 
23 Samarqand davlat universiteti - Sirtqi 
24 Samarqand davlat chet tillar instituti - Kunduzgi
​25 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti -​ Sirtqi 
26 Termiz davlat universiteti -​ Sirtqi 
27 Farg‘ona davlat universiteti -​ Sirtqi
28 Farg‘ona politexnika instituti -​ Sirtqi 
29 Urganch davlat universiteti -​ Sirtqi 
30 Navoiy davlat pedagogika instituti -​ Sirtqi 
31 Nukus davlat pedagogika instituti -​ Sirtqi 
32 Jizzax davlat pedagogika instituti Sirtqi 
33 Qo‘qon davlat pedagogika instituti -​ Sirtqi 
34 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti -​ Sirtqi 
35 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti -​ Sirtqi 
36 Toshkent davlat agrar universiteti -​ Sirtqi 
37 Toshkent tibbiyot akademiyasi -​ Kunduzgi 
38 Toshkent tibbiyot pediatriya instituti -​ Kunduzgi 
39 Toshkent farmatsevtika instituti -​ Kunduzgi 
40 Toshkent davlat stomatologiya instituti -​ Kunduzgi 
41 Andijon tibbiyot instituti -​ Kunduzgi 
42 Buxoro tibbiyot instituti -​ Kunduzgi 
43 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi -​ Sirtqi 
44 O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti -​ Sirtqi​
45 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti -​ Sirtqi
46 Milliy rassomlik va dizayn instituti -​ Sirtqi 
47 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti -​ Sirtqi 
48 Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti -​ Sirtqi 
49 Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti -​ Sirtqi 
50 Toshkent arxitektura-qurilish instituti -​ Sirtqi 
51 Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti -​ Sirtqi​

Filologiya va tillarni o‘qitish (xorijiy tillar bo‘yicha, shu jumladan, rus tili), Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda) ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim jarayoni kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi.​

Top