10:09 / 03.08.2018
21094

Video: Hakam o‘yin vaqtida futbolchining hayotini saqlab qoldi

Foto: Videodan kadr

Hakam Martsin Liana «Olimpiya Elblong» va «Blenkitni Stargard-Shchetsinski» jamoalari o‘rtasidagi Polsha uchinchi divizioni o‘yini vaqtida futbolchining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida «Blenkitni» futbolchisi Mixal Tsuvinski raqibidan orqa tomondan zarba qabul qilib oldi va to‘pga yiqilib tushib, nafas olishi qiyinlashgan.

Jabrlanuvchining yoniga zudlik bilan Liana chopib kelib, futbolchiga tez yordam ko‘rsatdi. Natijada, tibbiy yordamdan so‘ng, Tsuvinski uchrashuvni davom ettira oldi.

Ro‘y bergan voqea videosi YouTube’da e'lon qilindi.

Top