14:10 / 16.08.2018
8681
Samarqandda sirtqi ta'lim shakliga test sinovlari boshqa sanaga ko‘chirildi

Samarqand viloyatida 18 avgust kuni ta'limning kechki va sirtqi yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘ladigan test sinovlari 19 avgustga ko‘chirilgan. Bu haqda Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limi «Kun.uz»ga ma'lum qilgan.

Davlat test markazi tomonidan ta'limning kechki va sirtqi yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Samarqandda test sinovlari 17-18 avgust kunlari o‘tkazilishi belgilangandi.

O‘zbekiston bo‘ylab sirtqi ta'lim shakliga test sinovlari avvaliga 20 avgustdan boshlanishi belgilangandi. Ammo keyinroq test sinovlari Qurbon Hayitiga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida test sinovlari 17-20 avgust kunlariga ko‘chirilgandi.

Mavzu
Test-2018
1 avgustdan 15 avgustga qadar O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi imtihonlar avvalgi yillardagidan keskin farq qiluvchi formatda tashkil etilgan, xususan, test savollari 36ta emas, 30tadan, abituriyentlar esa natijalarni imtihonning keyingi kuniyoq bilishlari mumkin
Barchasi
Top