Özbekiston Respublikasi prezidentining “2018/2019 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisida” 2018 yil 4 iyundagi PQ-3769-son qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining qarori bilan 2018/2019 öquv yili uçun respublika oliy ta'lim muassasalarining sirtqi ta'lim şakliga qabul kvotasi 14 050 ta qilib belgilangan. Abituriyentlar tomonidan 135 280 ta arizalar topşirilgan.

Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2018 yil 30 iyuldagi 4-son bayoni bilan oliy ta'lim muassasalarining sirtqi ta'lim şakliga test sinovlari 2018 yil 20 avgustdan boşlab ötkazilişi belgilangan edi.

Test sinovlari Qurbon Hayitiga töğri kelişi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratiş maqsadida test sinovlari 2018 yil 17-20 avgust kunlariga köçirildi.

Test sinovlarini adolatli va şaffof ötkaziş maqsadida kunduzgi ta'lim şakli ötayotgan respublikadagi kuzatuv kameralari, şaxsni identifikatsiyalaş qurilmalari bilan jihozlangan 57ta katta siğimli binolarda ötkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 17-18 avgust kunlari şu kunlarda test sinovi ötkazilayotgan binolarda, Toşkent şahrida 17-20 avgust kunlari ötkaziladi. Binolar manzillarini Davlat test markazining www.dtm.uz sayti orqali bilib oliş mumkin.

Eslatma: Guliston davlat universiteti, Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika instituti, Toşkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va Toşkent davlat agrar universitetining sirtqi ta'lim şakliga hujjat topşirgan abituriyentlar uçun test sinovlari Toşkent şahridagi binolarda bölib ötadi.

Test sinovlari natijalari test ötgan kunning ertasiga Davlat test markazining www.dtm.uz sayti orqali e'lon qilinadi.