22:18 / 09.09.2018
4883

FEI World Jumping Challenge: Bronza O‘zbekistonda

Foto: Ot sporti va yilqichilik federatsiyasi matbuot xizmati

FEI World Jumping Challenge musobaqalarining ikki konkur yakunlariga ko‘ra, musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik Saidamirxon Turg‘unboyev bronza medal sohibiga aylandi. Ot sporti va yilqichilik federatsiyasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi

Birinchi o‘rin isroillik Sternbax Nadav, ikkinchi o‘rin esa argentinalik Richard Kiyerkigardga nasib etdi. 

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan FEI World Jumping Challenge final musobaqalari dunyoning 10 mintaqasidan dunyoning eng sara chavandozlarini maydonga jamladi. O‘zbekiston Osiyo mintaqasi va MDH mamlakatlari ichida bunday musobaqani birinchi bo‘lib o‘tkazish sharafiga muyassar bo‘ldi. Bu ishonch Xalqaro ot sporti federatsiya tomonidan mamlakatimizda yilqichilik va ot sporti yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar samarasining yuksak e'tirofi hamdir.

Bugun dunyoning eng sara chavandozlari, yuqori malakali hakamlar hay'ati va ot sporti sohasi sohasidagi ekspertlar O‘zbekistonda yig‘ildi. 

Jahon kubogi musobaqalari qoidalari juda oson va qiziqarli. Uning bosqichlari dunyo bo‘ylab o‘nta mintaqada milliy ot sporti federatsiyalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Ushbu musobaqalar dunyoning eng yuqori reytingli konkurchilarini aniqlashga xizmat qiladi. 

Ushbu musobaqada Abdushukur Sobirjonov hamda Saidamirxon Turg‘unboyev O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Ta'kidlash joizki, birinchi konkur davomida sportchilarimiz peshqadamlik qilgan bo‘lsa, keyingi bahslarda juz'iy kamchiliklarga yo‘l qo‘yishdi. Umid qilamizki, chavandozlarimiz hal qiluvchi bahslarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishadi.

Musobaqa O‘zbekiston ot sporti sohasi uchun juda ahamiyatli bo‘lib, mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashishi, xorijiy ekspertlar bilan tarmoqni rivojlantirish borasida hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida xizmat qiladi.

Top