16:29 / 20.11.2018
16123

IIV: farzandlarini jinoyatiga sherik qilgan ota qo‘lga olindi 

2018 yil 19 noyabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 13 iyun kuni fuqaro S.Yu. birga yashovchi ikki nafar farzandlari bilan Mirobod tumanida yashovchi fuqaro S.S.ga o‘zlarining uyida bo‘lgan qandolat sexining uskunalarini yangisiga almashtirishni va korxona daromadidan 50 foiz ulush berishni aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxslar aldov yo‘li bilan undan ko‘p miqdordagi AQSh dollarini olib, va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ma'lum qilingan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ota va uning ikki nafar farzandi qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top