13:01 / 21.11.2018
17951

Toshkentdagi sil kasalliklari shifoxonasida janjal, bir kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi

Joriy yilning 20 noyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 1-sonli shahar sil kasalliklari kasalxonasida davolanayotgan V.Ye. davolanish xonasida o‘zaro janjal sabab shu yerda davolanayotgan V.B.ning boshiga stul bilan bir necha marotaba urib, jarohat yetkazgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida V.B. kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. V.Ye. esa qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top