8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

00:27 / 04.12.2018 26341

7 yoshli bola Youtube’da eng ko‘p pul topuvchi blogerlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda

Foto: COURTESY OF RYAN TOYSREVIEW

Forbes jurnali Youtube’da eng ko‘p pul topuvchi blogerlar reytingini tuzdi.

Reytingga Rayan ismli 7 yoshli bola yetakchilik qilmoqda. U ota-onasi bilan Ryan Toys Review kanalini yuritadi. Ular bu kanalda turli o‘yinchoqlarga videosharhlarni joylashtirishadi. Yosh blogerning kanaliga 17 mlndan ko‘proq odam obuna bo‘lgan. Blogerning videolari ular tufayli 26 mlrd namoyish to‘plagan. Kanal oilaga bir yil ichida 22 mln dollar keltirgan.

2-o‘rinni Jyeyk Pol ismli bloger egalladi. 17 mlndan ko‘proq kishi uning turli musiqiy va komedik videolarini muntazam kuzatib boradi. Uning yillik daromadi 21 mln dollardan oshadi.

3-o‘ringa Dude Perfect jamoasi qo‘yilgan. 5 do‘st qo‘l ostidagi turli buyumlardan foydalangan holda turli tryuklar bajargan videolari evaziga bir yilda 20 mln dollar ishlab topishgan. Ularning kanaliga 37 mln kishi obuna bo‘lgan.

2017 yilda ro‘yxatga yetakchilik qilgan Deniyel Middlton joriy yilda 4-o‘ringa tushib ketgan. Britaniyalik geymer DanTDM kanalini yuritadi va u Minecraft o‘yiniga ixtisoslashgan, biroq geymer unda boshqa videoo‘yinlar sharhini ham joylashtiradi. Uning kanaliga 21 mln kishi obuna bo‘lgan, yillik daromadi esa 18 mln dollarga yetadi.

5-o‘rinni amerikalik stilist, model va musiqachi Jyeffri Star egallagan. Uning kanaliga 11 mln kishi obuna bo‘lgan, yillik daromadi esa 18 mln dollarni tashkil qilgan. 

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka Markiplier, Vanoss Gaming, Jacksepticeye, PewDiePie va Logan Paul kanallari ham kiritilgan.

Forbes reytingni tuzishda blogerlarning 2017 yil 1 iyunidan 2018 yil 1 iyunigacha olgan daromadlarini hisobga olgan. Summalar soliq chegirilmagan holda ko‘rsatilgan.

Top