10:47 / 04.12.2018
6969
BMT bosh kotibi va Saudiya Arabistoni shahzodasi Qoshiqchi ishini muhokama qildi
Foto: Anadolu Agency

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud G20 sammiti doirasida jurnalist Jamol Qoshiqchi ishini muhokama qildilar. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxon Haq ma'lumot bergan.

«Bosh kotib Qoshiqchi ishi yuzasidan barcha tafsilotlar shaffof va tushunarli bo‘lishi zarurligini eslatdi. Shuningdek, u ushbu hodisada aybdor bo‘lganlarning barcha javobgarlikka tortilishi muhim ekanini aytdi», - dedi Haq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Saudiya Arabistoni Qoshiqchi ishi bo‘yicha hech qanday ma'lumot bermaganini ma'lum qilgandi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining bildirishicha, Ar-Riyod tergovda hamkorlik qilish istagi haqidagi bayonotga qaramay, jurnalist Jamol Qoshiqchi ishi bo‘yicha ma'lumotni Anqara bilan bo‘lishmayapti.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top