18 noyabr kuni Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Oq uyda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuv ötkazdi. Jurnalistlar bilan uçraşuvda kutilganidek unga saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi hamda «11 sentabr voqealari»da Saudiya fuqarolarining roli haqida savollar berildi.
Donald Tramp bu savollarga keskin javob qaytardi. «Mehmonimizni bunday savollar bilan şarmanda qilişingiz şart emas», dedi Tramp ABC News jurnalisti Meri Bryusga. U keyinroq uning savolini «dahşatli, itoatsiz va şunçaki qörqinçli savol» deb atadi.
“ABC fake xabarlar [tarqatadi]. Eng yomon naşrlardan biri, lekin men savolga javob beraman.
Meni oilaviy biznesga heç qanday aloqam yöq. Men u yerdan ketganman va energiyamning 100 foizini işga bağişlaganman. Oilam hamma joyda biznes qiladi. Aslida ular Saudiya Arabistoni bilan juda oz iş qilgan, menimça ular juda köp iş qilişi ham mumkin".
Şuningdek, Tramp Qoşiqçini «juda bahsli odam» deb atadi.
«Siz gapirayotgan öşa kişini juda köpçilik yoqtirmagan. Uni yoqtirgan bölsangiz ham, yoqtirmagan bölsangiz ham — voqealar sodir böladi, lekin u (valiahd şahzoda) bu voqeada heç narsani bilmagan va biz şu bilan yakunlaymiz», deya Trampning sözlarini keltirmoqda AP naşri. Lekin avvalroq AQŞ razvedkasi bu hujum şahzodaning buyruği bilan amalga oşirilganini aytgan.
Bin Salmonning aytişiça, Usama bin Laden AQŞ-Saudiya munosabatlarini buziş uçun saudiyalik fuqarolardan foydalangan.
“2001 yil 9 sentabr voqealarida halok bölganlarning oilalari biz uçun ham oğriqli bölgan. Lekin biz reallikka yuzlanişimiz kerak. MRB va boşqa taşkilotlar hujjatlarida kelganidek, Usama bin Laden saudiyalik fuqarolardan foydalangan. Maqsad AQŞ-Saudiya munosabatlarini buziş uçun. Çunki u bilgan: bizning yaxşi munosabatlarimiz ekstrimizm va terrorizm uçun «xavf tuğdirgan». Şuning uçun biz munosabatlarimizni rivojlantirib, bunga qarşi kuraşda davom etişimiz kerak".
Qoşiqçining öldirilişiga aloqadorligini rad etib kelgan şahzoda bin Salmon esa hukumati çoralar körganini aytdi.










