Ar-Riyod tergovda hamkorlik qiliş istagi haqidagi bayonotga qaramay, jurnalist Jamol Qoşiqçi işi böyiça ma'lumotni Anqara bilan bölişmayapti. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli payşanba kuni respublika va YeI siyosiy muloqoti masalalari böyiça yuqori darajadagi yiğiliş doirasida taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

«Biz Saudiya Arabistonining hamkorlik töğrisidagi taklifini qabul qildik, ammo bunda bu özaro aloqadan nima kutayotganimiz muhim, sababi hamkorlik maqsadi ma'lumot almaşinuvida. Biz Saudiya Arabistoni Boş prokuraturasidan iş böyiça heç qanday ma'lumot olmadik», - dedi Çavuşöğli.

Foto:  Anadolu Agency

Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya valiahd şahzodasi taxtdan mahrum bölişi mumkin ekani xabar berilgandi.

Reuters’ning xabar qilişiça, Saudiya Arabistoni podşohlik oilasining a'zolari şahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud taxtga çiqişiga qarşilik bildirişmoqda. Bu jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi tufayli yuz beryapti.