Chimkentda go‘sht qimmatlashdi - uni O‘zbekistonga olib chiqib ketishmoqda

Foto: Aleksandr Vladyko
Chimkentda sabzavotlar, meva va go‘sht qimmatlashdi. Tadbirkorlar buni unumsiz mavsum, stabilizatsiya fondining oblastdagi yangi markazga ko‘chib o‘tishi va mahsulotning chet elga olib chiqib ketilishi bilan bog‘lashmoqda, deya xabar qiladi «Astana» telekanali.
Go‘sht narxining oshishi kutilmagan bo‘ldi. Bir necha hafta mobaynida mol go‘shti narxi bir kilogramm uchun 1400 tengedan 1600 tengega yetdi.
Sotuvchilarning o‘zi buni bozorga go‘sht yetkazib berish keskin kamayishi bilan bog‘lashyapti. Realizatorlarning bildirishicha, mahsulot katta qismi ko‘tara (ulgurji) savdo qiluvchilar tomonidan O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda.
«O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistonga juda ko‘p olib ketilyapti. U yerga olib borish foydali, deyishmoqda. Boshqa tomondan, yem-xashak qimmat. Hozir hech kim go‘sht olmayapti. Qimmat. Rostini aytganda, pensionerlarga og‘ir», - deydi tadbirkor Jamiddin Yo‘ldoshxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yil boshidan beri oziq-ovqat mahsulotlari qanchaga qimmatlashgani ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

15:34 / 19.06.2025
O‘zbekiston bozoriga Belarusdan mol go‘shti maqbul narxlarda yetkazib berilishi mumkin

10:37 / 16.06.2025
"Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart" - prezident

17:14 / 12.06.2025
“Yem-xashakka ketgan pullarni chiqarib olish ham osonmas” – uyida qoramol boqayotgan chorvadorlar

22:48 / 09.06.2025