Yil boşidan narxlarning özgarişi tahlili şuni körsatmoqdaki, xizmatlar 11 oy davomida 14,3%, oziq-ovqat mahsulotlari 11,4% va nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 11,1%ga qimmatlaşdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.
Noyabr oyi davomidagi narxlar özgarişining strukturasi tahlili şuni körsatmoqdaki, narxlarning kötarilişi borasida yetakçilik xizmatlar sohasiga taalluqli bölsa-da (3,3 %), har bir yirik guruhning salmoq vaznlarini hisobga olgan holda ta'sir darajasi va strukturasi böyiça ustunlik oziq-ovqat mahsulotlari guruhiga tegişlidir (ta'sir 1,2 foiz darajasida(keyingi örinlarda f.d.).
2018 yilning 11 oyi davomidagi yiğma INI tahliliga köra, umumiy narxlar darajasining oşişiga ta'sir darajasi böyiça ham yetakçilik oziq-ovqat mahsulotlariga (4,9 f.d.), keyingi örinlarda esa nooziq-ovqat mahsulotlari (3,9 f.d.) va xizmatlarga (3,1 f.d.) tegişlidir.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari yanvar (oy davomida 3,5%), sentabr (3,3%) hamda noyabr oylari davomida (2,6%) sezilarli darajada qimmatlaşdi.
Noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlaridan asosiy guruhlari narxlarining kötarilişida, asosan iste'mol sektoridagi oziq-ovqat tovarlaridan meva-sabzavot mahsulotlari (narxlar 6,5%ga qimmatlaşganligi umumiy INI körsatkiçini 0,5 f.d.ga oşirdi), non mahsulotlari (mos ravişda 2,8% va 0,2 f.d.), göşt mahsulotlari (1,5% va 0,2 f.d.), tuxum (9,2% va 0,1 f.d) narxlari qimmatlaşdi.
Ötgan yilning oxiriga nisbatan kartoşka va tuxum mahsulotlaridan taşqari qolgan barça turdagi oziq-ovqat guruhi mahsulotlari narxlari kötarilgan (kartoşka va tuxum mos ravişda 26,4% va 0,4%ga arzonlaşgan).
Non mahsulotlari narxlarining qimmatlaşişi asosan joriy yilning sentabr oyida kuzatilgan bölib (oy davomida örtaça 10,9%), bu öz navbatida un va non mahsulotlari narxlarining erkinlaştirilişi bilan tavsiflanadi. Oktyabr va noyabr oylari davomida narxlarning ösişi tendensiyasi saqlanib qolgan bölsa-da, lekin uşbu körsatkiç sezilarli darajada közga taşlanmagan. Noyabr oyi davomida guruç 7,1%, moş 3,1%, oliy navli buğdoy uni va noni 2,2%, birinçi navli buğdoy uni 2,1%, pişirilgan non mahsulotlari 1,7%, makaron mahsulotlari narxlari 1,2%ga qimmatlaşdi. Şu bilan bir qatorda nöxat 3,1%, greçka 0,4%ga arzonlaşdi.
Ötgan 11 oy mobaynida guruçning eng yuqori darajada qimmatlaşgani Xorazm viloyatida (1,8 marta), birmunça past sur'atlarda oşganligi esa Qaşqadaryo viloyatida (41,8%) qayd etilgan












