Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotiga köra, uşbu nufuzli anjumanda Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Xitoy, Eron kabi qator davlatlardan taşrif buyurgan delegatsiyalar va işbilarmon doira vakillari qatorida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi ham özining eksportbop, ekologik toza hamda raqobatbardoş mahsulotlari bilan iştirok etdi.
Özbekiston stendida taqdim etilayotgan quritilgan mevalar, şok usulida muzlatilgan sabzavot va mevalar, şuningdek, milliy taomlar xalqaro hamjamiyatda katta qiziqiş uyğotdi.

Bundan taşqari, Özbekiston bozoriga yuqori sifatli mol göştini maqbul narxlarda yetkazib beriş böyiça yangi hamkorlar bilan muzokaralar olib borildi. Uşbu kelişuvlar mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, içki bozorni barqaror mahsulot bilan ta’minlaş va eksport salohiyatini yanada kengaytirişga xizmat qiladi.












