18:57 / 03.01.2019
27846

MMA janglarining 2018 yildagi eng yaxshi nokauti aniqlandi

Foto: Getty Images

MMA Fighting sport portali 2018 yilning eng yaxshi nokautini aniqladi. Nokaut holati tasvirlangan lavha MMAning Twitter akkauntiga joylashtirildi.

MMA Fighting tahririyati eng yaxshi nokaut deb meksikalik Yair Rodriges va koreyalik Chan Son Jon o‘rtasidagi jangda sodir bo‘lgan nokautni tanladi.

Bu jang shu yilning 10 noyabrida bo‘lib o‘tgan. Unda Rodriges hujum qilayotgan Jonga qarshi hujumda tirsagi bilan zarba berib raqibini yerga qulatgan.

 

Mavzuga oid
Top