08:29 / 29.01.2019
14336

Gruziya prezidenti Tramp bilan Putindan avval uchrashmoqchi

Foto: Georgia Presidential Admin/globallookpress

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvilining ma'lum qilishicha, Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan, u rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishidan oldin uchrashmoqchi. Bu haqda Gruziyaning 1TV’si xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziya tomoni Qo‘shma Shtatlarga tegishli xat jo‘natib bo‘lgan.

«Biz Trampni o‘zimizning qarashlarimiz, biz uchun og‘riqli bo‘lgan masalalar bilan tanishtirishimiz kerak. U bizni eng tashvishga solayotgan narsalar nima ekanini yaxshilab bilib olishi darkor», - dedi Zurabishvili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika yetakchisi bunday uchrashuv uchun vaqt topa bilishiga umid qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili Gruziyada hokimiyatni o‘zgartirishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top