Jahon | 08:15 / 28.01.2019
13838
1 daqiqa o‘qiladi

«Ruhiy kasallar shifokorlarni qulflab qo‘ygan». Saakashvili Gruziyada hokimiyatni o‘zgartirishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti / Stringer

Gruziya sobiq prezidenti va Odessa oblastining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Gruziya hududida hokimiyatni tinch yo‘l bilan almashtirish mumkin bo‘lgan ssenariy haqida gapirdi. Bu haqda «Rustavi 2» telekanali xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Gruziyada hukmron bo‘lgan jamoaga rahbarlik qilayotgan Bidzina Ivanishvili bilan kurash olib bormoqda.

«Gruziyaning faol qismi va muxolifat menga mamlakat bo‘ylab 72 soat davomida erkin harakatlanish imkonini ta'minlab berishga tayyor ekanini his qilsam, men vatanimga qaytaman», - dedi Saakashvili.

U Gruziyadagi vaziyatni bemorlar shifokorlarni qulflab qo‘ygan ruhiy kasalliklar shifoxonasi bilan taqqosladi hamda ularni qurbonlar va zo‘ravonliksiz zararsizlantirishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvilini Qozog‘iston hukumatiga ishga olishni taklif qilishgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid