8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:20 / 01.02.2019 4387

Jurnalist davlat tilini hurmat qilmaganlarni javobgarlikka tortishni taklif etmoqda

Foto: O‘zA

Biron joyda davlat tiliga hurmatsizlik qilinsa, shaxs javobgarlikka tortilishi kerak, deb hisoblaydi jurnalist Sodiq Norboyev. Uning ta'kidlashicha, «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunga shunday o‘zgartirish kiritish kerakki, kitob-darslik bo‘ladimi, hujjat, reklama bo‘ladimi — qayerda xato qilinsa, shunga mas'ul bo‘lgan kishi yoki tashkilot jarimaga tortilsin».

O‘zAda e'lon qilingan maqolada yozilishicha, ushbu ishlarni tashkil etish uchun maxsus inspeksiya tuzish taklif etilgan. 

«Bu tashkilot hamkorlikda ishlab, o‘zining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ysa, xuddi yo‘l qoidalariga o‘xshab aniq tartib joriy etilsa va kamchilik aniqlanganda jarimalar belgilansa, hammasi joyiga tushadi», —  deb fikrlarini asoslaydi Norboyev.

Eslatib o‘tamiz, Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ham  «Davlat tili haqida»gi qonunning qabul qilinganiga 30 yil to‘lganiga qaramay, qonun ijrosi yillar davomida deyarli o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan norozi bo‘lgandi.

Top