Senatda davlat tili maqomi bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
2019 yilda «Davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinganiga 30 yil to‘ladi. Mustabid tuzum hukmronligi davrida xalqimizning o‘ziga xos jasorati timsoli sifatida qabul qilingan ushbu Qonun ijrosi yillar davomida deyarli o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi aniqlandi, deb hisoblaydi Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Senatining XVII yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda nutq so‘zlagan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev davlat tili maqomi haqida gapirib, bu borada qonun amalda ijro etilmayotganiga e'tibor qaratgan.
«Biz doimo qonun, ijrosi bilan kuchli ekanligini, jamiyatda qonun ustuvorligi, avvalo, uning ijrosi qay darajada ta'minlangani bilan bog‘liqligini ko‘p ta'kidlaymiz. Afsuski, hatto qonun ijrosini ta'minlashga bevosita mas'ul bo‘lgan vazirlik va idoralarda ham bu haqiqat mohiyati to‘liq anglab yetilgani yo‘q», - deydi u.
Raisning so‘zlariga ko‘ra, tilning ijtimoiy ongni shakllantiruvchi muhim omil sanalishiga va inson qaysi tilda so‘zlasa va fikrlasa, o‘sha tildagi mafkuraga moyil bo‘lishiga ahamiyat qaratilmagan.
«Aksincha, Qonun ijrosini nazorat qilishga mas'ul bo‘lgan parlament huzuridagi Doimiy til komissiyasi hamda Atamashunoslik qo‘mitasi faoliyatlari tugatildi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish ishlari esa, belgilangan muddatda to‘liq yakuniga yetkazilmadi.
Qonunda javobgarlikka tortishga asos bo‘luvchi normalar mavjud bo‘lsa-da, qonun normalarining muntazam buzib kelinayotgani uchun biron-bir aybdor shaxs belgilangan tartibda javobgarlikka tortilmadi. Achchiq bo‘lsa-da, aytishga to‘g‘ri keladi – bu holat qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish o‘rniga, uni ma'lum ma'noda rag‘batlantirmoqda», - deydi Yo‘ldoshev.
Ma'lumot uchun, Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 154ta normativ-huquqiy hujjatning ilovalari davlat tilida tasdiqlanmagan.
Shuningdek, 2018 yilda qabul qilingan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va agentliklarning 34ta qo‘shma qarori ham davlat tilida emas.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

23:03 / 07.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025