22:31 / 25.02.2019
7012

Vahana uchar taksisining yangi versiyasi sinovdan o‘tkazildi (video)

Yirik kompaniyalar muhandislari nafaqat zamonaviy texnologiyalar haqida o‘ylaydilar, balki kelajakni ham ko‘zlaydilar. 2016 yilda Airbus kompaniyasi Vahana loyihasi doirasida parvoz qurilmasini ishlab chiqishni boshlagan, 2018 yilda uning Alpha One nomli ilk namunasi sinovini o‘tkazgan. Prototiplar sinovi uzoq vaqtdan beri o‘tkazib kelinadi va bunday sinovlarning elliginchisida qurilma oxir-oqibat o‘zining uzoq masofalarga ucha olishini namoyish qilgan. Ehtimol, kelgusida vertolyotlar eskirib qolib, ularning o‘rnini aynan shunday qurilmalar egallashi mumkin.

Alpha Two nomli yangi namunaning sinovi Oregon shtatidagi poligonda 5 soat davomida olib borilgan. Ko‘p sondagi parvozlardan har biri 7 daqiqadan davom etgan: bu vaqt ichida qurilma 97 km/soat tezlikni namoyish qilgan. Parvozlar vaqtida qurilma datchiklardan ma'lumotlarni to‘plagan, ular keyinroq Vahana qurilmasining keyingi namunalarida muammolarni bartaraf etish uchun qo‘llanadi.

Qurilma parvozi videosida u 64 metr balandlikka osonlik bilan ko‘tarilganini ko‘rish mumkin. Qurilma vertikal parvozdan keyin oldinga egilib, harakat davomida o‘z qanotlari qiyaligini 30 darajaga o‘zgartiradi va buning evaziga 57 km/soat tezlikka erishadi. Qurilma tezlashish vaqtida barcha asosiy manyovrlarni bajara oladi.

Video parvoz qurilmalari yaqin 10 yil ichida qanchalik xavfsiz, qulay va universal bo‘la olishini ko‘rsatadi. Airbus Vahana va u kabi qurilmalar  o‘rta masofalarni bosib o‘tish uchun eng yaxshi transportga aylanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top