Fanning ajoyibotlari tufayli yaqin orada şaharlararo sayohatlarga ketadigan vaqt 75 foizga qisqarişi mumkin. Bu — vertikal uçiş va qöniş samolyotlari («VTOL» — inglizça qisqartmasi) orqali reallikka aylanişi mumkin. Ular vertolyotlarga öxşab ketadi, biroq qanotlari vertolyotnikidan boşqaça. Yana VTOLʼlar uçişi va qönişi uçun maxsus yölaklar şart emas. Öz nomi bilan ular qöniş maydonçalarisiz vertikaliga uça oladi va qönadi.

VTOLʼlar tirband şaharlarda yölovçilarni turli manzillarga taşişi, «Tez yordam» maşinasi yoki yetkazib beriş xizmati uçun transport vazifasini bajarişi mumkin.

Uçar maşinalar — VTOLʼlardan foydalaniş boşqa transportlarga qaraganda arzonroq tuşadi. Qolaversa, bu transport vositasi tabiatga zarari nisbatan kamroq ham. Sababi uning harakatlanişi uçun elektr batareyalardan yoki vodorod kabi toza yoqilğilardan foydalaniladi.

VTOLʼlar qanday harakatlanadi?

VTOLʼlardan har qanday hududda foydalaniş mumkin, lekin alohida yölak talab qilinmasligi sababli ular, ayniqsa, şahar hududlariga mos keladi. AQŞning Aurelia Aerospace kompaniyasi ma’lumotlariga köra, VTOLʼlarning qanotlari vertolyotlarnikidan boşqaçaroq ekani sababli ular uzoqroq va balandroq uça oladi. Masalan, kompaniyaning Aurelia Q1 modelidagi «uçar maşina» 2,5 soatgaça va 20 km balandlikkaça uça oladi.

Foto: Aurelia Aerospace

Yevropa Ittifoqi Aviatsiya xavfsizlik agentligi ma’lumotiga köra, yuk taşişga möljallangan VTOLʼlar uçuvçisiz harakatlanişi ehtimoli köp. Biroq odam taşiydiganlarini uçuvçilar boşqarişi kutilmoqda. Lekin texnologiyalar taraqqiy etavergani sayin yölovçi taşişga ixtisoslaşgan VTOLʼlar ham uçuvçisiz harakatlanişi ham heç gap emas. Ular avtomatlaştirilgan tarzda boşqariladi.

AQŞning Boeing kompaniyasi şahar havo transportiga oid yöl xaritasini e’lon qilgan. Kompaniyaga köra, VTOLʼlarning yuk hajmi köpayib ketmasligi uçun ular uçuvçisiz harakatlangani ma’qulroq.

Boeing vitse-prezidenti Brayan Yuktoning ta’kidlaşiça, kompaniya aerofazoning xavfsiz, barqaror va keng miqyosli bölişi ustida işlamoqda. Şuning uçun mavjud havo transporti standartlaridan ham yuqoriroq natijalarga erişilişi kerak. VTOLʼlar asosiy uçiş qoidalari asosida harakatlanadi, ular avtomatlaştirilgan bortlar va yerdagi maxsus tizimlar yordamida harakatlantiriladi.