Yaponiyaning Toyota Motor Corporation avtomobil korporatsiyasi hamda Amerikaning tijoriy yölovçilarni taşişga möljallangan elektr aviataksilar işlab çiqaruvçi Joby Aviation kompaniyasi özaro hamkorlikda ilk bor uçar taksi parvozini namoyiş etdi.

Interesting Engineering naşri yozişiça, parvoz şu hafta boşida Yaponiyaning Şizuoka şahridagi Toyota texnik markazida ötkazilgan xalqaro körgazmada bölib ötdi. Hozirça apparat odamlarsiz uçdi, ammo özining barça imkoniyatlarini namoyiş eta oldi: vertikal kötariliş, tezlik va boşqarişga qulaylik kabi.

Taksi bir nafar uçuvçi va tört yölovçini soatiga 200 milgaça (321 km/soatdan ortiq) tezlikda taşiy olişi ta’kidlanmoqda. U atrof-muhitga zararli çiqindilar ajratmaydi, şuningdek, şovqinsiz va yuqori tezlikda harakatlana olişi bilan vertolyotlardan ustun turadi.

Yangi xizmat yöllardagi tirbandliklarni kamaytiriş, atrof-muhitga ta’sirni minimallaştiriş hamda şahar va qişloq hududlari uçun transport yeçimlarini taqdim etişni maqsad qilgan. Uçar taksi parvozi Yaponiya va butun dunyodagi turli xil transport muammolarini hal etiş imkoniyatlarini körsatmoqda.

Toyota va Joby kompaniyalari örtasidagi yaqin hamkorlik 2019 yildayoq boşlangan, şu bilan birga Joby havo taksilarini 15 yildan ortiq vaqt davomida işlab çiqarib kelmoqda. Sönggi yillarda Yaponiya tomoni loyihaga kamida 500 million dollar mablağ sarfladi va apparatning barça zarur sertifikatlaştiriş jarayonlaridan ötişini tezlaştirişga erişdi. Hozirgi kunda tijoriy işlab çiqarişga keng kölamda tayyorgarlik körilmoqda.