AQŞning Joby Aviation kompaniyasi Buyuk Britaniyada elektr aerotaksilarni yölga qöyiş maqsadida Virgin Atlantic bilan kelişuv imzoladi. Şu tariqa Britaniya tijoriy havo taksilarini rivojlantirişni rejalaştirgan yettinçi mamlakatga aylanadi. Biroq işlar aynan qaçon boşlanişi noma’lum. Joby dastlab AQŞ va Birlaşgan Arab Amirliklari bozorlariga e’tibor qaratadi, söngra Buyuk Britaniya bilan şuğullanişni boşlaydi.
Dubayda dastlabki sinov parvozlari joriy yil oxiri yoki kelasi yil boşida ötkazilişi rejalaştirilmoqda. AQŞda bu xizmat 2025 yilda işga tuşirilişi kerak edi, ammo ma’muriy tösiqlar tufayli loyiha keçiktirildi. Ötgan yili kompaniya öz havo kemalaridan foydalaniş uçun ruxsatnoma olişga oz qolganini ma’lum qilgan, biroq hozirga qadar buning rasmiy tasdiği olingani yöq.
Buyuk Britaniyada aeroservisni işga tuşiriş uçun Joby mahalliy aviatsiya boşqarmasidan sertifikat olişi zarur. Tegişli ariza 2022 yildayoq topşirilgan. Hamkorlik doirasida Virgin mamlakat böylab Joby xizmatining yagona vositaçisiga aylanadi.
Xizmat ğoyasi yölovçilarni şahar markazlaridan aeroportlarga vertikal uçiş-qöniş imkoniyatiga ega elektr aerotaksilarda taşişni közda tutadi. Dastlabki yönalişlar Londondagi Xitrou va Mançester aeroportlarini boğlaydi. Kelajakda tarmoq kengaytiriladi. Virgin mijozlari havo taksilarini kompaniyaning maxsus ilovasi va veb-sayti orqali band qilişi mumkin böladi.
Joby havo kemasi bir uçuvçi, tört yölovçi va kiçik hajmli yuklarni taşiş uçun möljallangan. Uşbu innovatsion uçoqning eng yuqori tezligi soatiga 320 kilometrga yetadi. Şu tufayli Lids va Mançester orasidagi parvoz atigi 15 daqiqa vaqt oladi.
Xizmatni töliq joriy etişga hali köp vaqt kerak bölsa-da, Joby öz maqsadi sari işonç bilan ilgarilamoqda. Kelajakda kompaniya nafaqat Buyuk Britaniya va AQŞda, balki Birlaşgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va Avstraliyada ham aerotaksi xizmatlarini yölga qöyişni rejalaştirmoqda.
















