09:37 / 04.03.2019
4793

Braziliyaning Vale bosh direktori to‘g‘on o‘pirilishi fojiasi sababli iste'foga chiqdi

Foto: AFP/Getty Images

Braziliyaning Vale tog‘-kon korporatsiyasi bosh direktori Fabio Shvarsman Belu-Orizonti shtatida kompaniyaga tegishli to‘g‘on o‘pirilishi fojiasi sababli iste'foga chiqdi. Brumadinyu munitsipaletitedi yuz bergan fojia kamida 186 kishining umriga zomin bo‘lgandi.

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, Shvarsman bilan birga kompaniya rahbariyatini top-menejyerlar Gerd Piter Poppinga, Lusio Flavio Gallon Kavalli va Silmar Magales Silva ham tark etgan.

Kompaniya rahbarlarining iste'foga chiqishi Braziliya bosh prokuraturasi tavsiyasi bilan bog‘liq. Korporatsiyaga Eduardo de Salles Bartolomeo vaqtincha bosh direktor etib tayinlangan.

Mavzuga oid
Top