15:41 / 15.03.2019
10582

Jizzaxda 30 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

2019 yil 12 mart kuni Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yashovchi D.R. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 11 martga o‘tar kechasi noma'lum shaxs “Jizzaxagrokimyohimoya” AJ filialiga qarashli 2-sonli omborxonasidan 30 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Do‘stlik mahallasida yashovchi Sh.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Daliliy ashyo sifatida 750 kg. ammiakli selitra mineral o‘g‘iti olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top