13:56 / 15.03.2019
9672
Qozog‘istonning Tenge Bank’i Toshkentda qachon ish boshlashi ma'lum bo‘ldi
Foto: Xabar 24

2019 yil aprel oyida Qozog‘istonning Xalq banki O‘zbekistonda filial ochish uchun litsenziya olishni rejalashtirmoqda. Ushbu rejalar 2018 yilda Qozog‘iston fond birjasi tomonidan e'lon qilingandi. Bank boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova Olmaotada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida batafsil ma'lumot berdi.

«Aprel oyida O‘zbekistonda bankimizni ochish uchun to‘liq litsenziya kutmoqdamiz. Filialni joylashtirish uchun bino hozirda tanlangan. Bu bizning bank ishlaydigan oltinchi mamlakat bo‘ladi. U yerda ehtimoliy mamlakatlararo oqimlarni ko‘rmoqdamiz. Avval biz yuridik shaxslar uchun xizmatlarni taqdim etamiz, jismoniy shaxslar uchun esa xizmatlar yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan», - dedi Umut Shayaxmetova.

Shundan so‘ng, Xalq banki O‘zbekistonda o‘z filialiga ega bo‘lgan Qozog‘istonning birinchi bankiga aylanadi. U hozir Rossiya, Qirg‘iziston, Gruziya, Tojikiston va Qozog‘istonda ishlaydi. Bank taxminan 10 million mijozga xizmat ko‘rsatadi. Ularning 7,2 millioni bir nechta bank mahsulotidan foydalanadi.

O‘zbekistondagi sho‘'ba korxona Tenge Bank deb ataladi.

Top